O‘zbekiston Statistika agentligi 2026-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Unga ko‘ra, bu bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi. Oliy Majlisga toponimik obyektlarga nom berish va nomlarni o‘zgartirishni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.
O‘zbekistonda aholi ro‘yxatini o‘tkazish uchun oldindan 800 mlrd so‘m talab etiladi, deya ma’lum qildi Statistika agentligi. Tadbir 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi reja qilingan.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. U 2022-yilga reja qilingandi, ammo pandemiya tufayli keyinga qoldirilgan. Natijalar 2027-yilda e’lon qilinadi. Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘radi.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi bor 1989-yili o‘tkazilgan. Yangisi 2022-yilga reja qilingan edi, pandemiya sabab 2023-yilga qoldirildi, ammo baribir o‘tkazilmadi. O‘zi uning nima keragi bor, u qanday foyda keltiradi va uni kechiktirish nimasi bilan xatarli — “Gazeta.uz” shu haqda ma’lumot beradi.
O‘zbekistonda sinov tariqasida 1−5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz ichida va xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Onlayn aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1−25 noyabr kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekiston aholisini to‘liq ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi tarkibida o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va ruslar eng yirik etnik guruhlarni tashkil qiladi. 1989 yildan 2021 yilga qadar o‘zbek millatiga mansub aholi soni ikki baravardan ziyodga ko‘payib, 29,2 mlndan oshgan.
2023 yildagi aholini ro‘yxatga olishdan avval, 2021 yilda O‘zbekistonning bir necha hududlarida aholi sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Butun aholini ro‘yxatga olish esa 2023 yil noyabr oyida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting